Nima uchun O‘zbekistonda YouTube monetizasiyasiga cheklov qo‘yilgan bo‘lishi mumkin?

Nima uchun O‘zbekistonda YouTube monetizasiyasiga cheklov qo‘yilgan bo‘lishi mumkin?

O‘zbekistonda yaqin kelajakda YouTube monetizasiyasiga qo‘yilgan cheklov olib tashlanishi mumkin. Bu haqda 29 iyun kuni Yoshlar festivali doirasida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro startaplarga bag‘ishlangan anjumanda ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo”.

Aytilishicha, O‘zbekistonda YouTube monetizasiyasini yoqish bo‘yicha barcha ishlar olib borilmoqda. Platformaning rahbariga ham bu masalada murojaat qilingan.

Bizda mazkur masala ko‘rib chiqish jarayonlarida turibdi. Bu qancha vaqt olishini aytolmaymiz”, — degan javob kelgan YouTube ma’muriyatidan.

Yoshlar ishlari agentligi mazkur masalada O‘zbekiston tarafiga amaliy ko‘mak berishlari uchun biznesni rivojlantirish va monetizasiya texnologiyasi YouTube, Skype va Google kompaniyalarining sobiq mutaxassisi Yan Vichers (Germaniya) hamda Elpislab asoschisi Anastasiya Lykoavni Toshkentga taklif qilgan.

Tadbirda ishtirok etgan Yan Vichers nima uchun YouTube O‘zbekistondagi monetizasiya cheklov qo‘ygani yuzasidan o‘zining shaxsiy fikrlarini aytib o‘tdi.

"Birinchidan, yaxshi kontent yetishmayotgandir. Ikkinchidan, bu qonunchilikka bog‘liqdir. Sababi talablar o‘zgarmoqda. Shuning uchun monetizasiyani yoqish qiyin kechayotgan bo‘lishi mumkin", — dedi Yan Vichers.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil Sherzod Shermatov Apple, Google, Meta va boshqa kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish uchun AQShga borgan edi. Uchrashuvda IT kompaniyalarning O‘zbekistonning ichki bozoridagi ishtirokini kengaytirish, yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rinlari yaratish, onlayn platformalar foydalanuvchilari uchun monetizasiya vositalaridan foydalanish, ushbu sohadagi xizmatlar eksportini oshirish masalalari ham muhokama qilingani aytilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!