NASA ikki kun ichida Yerga o‘xshaydigan ikkita sayyorani aniqladi

NASA ikki kun ichida Yerga o‘xshaydigan ikkita sayyorani aniqladi

Amerika kosmik agentligining TESS yo‘ldoshi ikki kun ichida Quyosh tizimi tashqarisida Yerga o‘xshash ikkita sayyora mavjudligini aniqladi. Bu haqda NASA’ning "Tvitter"dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Birinchi sayyora 19 sentyabr kuni topildi. Mutaxassislar uni Superer deb atashdi, u Yerdan 60 yorug‘lik yili masofada joylashgan Pi yulduzi atrofida aylanadi. NASA’dagilar sayyorada suv yoki gazlar mavjud deb taxmin qilishmoqda.  

Ikkinchi sayyora 20 sentyabr kuni aniqlandi. Uni Qaynoq yer deb atashdi. U Yerga nisbatan kattaroq bo‘lib, 49 yorug‘lik yili masofada joylashgan va LHS 3844 yulduzi atrofida aylanadi.

TESS yo‘ldoshi 2018 yil aprelda uchirilgan bo‘lib, u ekzosayyoralarni kashf etishga mo‘ljallangan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!