Namanganda MIB 7 ming dollarni yoqib yubordimi?

Namanganda MIB 7 ming dollarni yoqib yubordimi?

Namangan shahar MIB tomonidan 2021 yil fevral oyida viloyat Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birga o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikki fuqaro 50 dollarlik 141 ta qalbaki kupyurani muomalaga kiritayotgan vaqtida qo‘lga olingan edi.

Aniqlanishicha, Yangiqo‘rg‘on va Uychi tumanlarida yashovchi 2 nafar hamda tergov davomida shaxsni aniqlash imkoni bo‘lmagan “Janish” ismli fuqarolar oldindan til biriktirib, qiymati 50 AQSh dollari bo‘lgan jami 141 dona qalbaki bank biletlarini o‘tkazish vaqtida ushlangan.

Sud mazkur jinoyat ishi yuzasidan mavjud dalillar va guvohlar ko‘rsatmalarini har taraflama, sinchiklab o‘rganib, sudlanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan aybdor deb topib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Ish bo‘yicha daliliy ashyo tariqasida olingan qalbaki 141 dona 50 AQSh dollarini tegishli tartibda yo‘q qilish belgilangan edi. 8 oktyabr kuni ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida tadbir tashkil etilib, qalbaki dollar tegishli tartibda yoqib yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!