"Muzlatilgan hayvonot bog‘i" haqida eshitganmisiz?

"Muzlatilgan hayvonot bog‘i" haqida eshitganmisiz?

Biologlar hayvonlarning ommaviy qirilishini (hisob bo‘yicha oltinchi) bashorat qilishmoqda. Ayrimlarning esa bu jarayon boshlanganiga imonlari komil. Ammo bu tabiiy sabablarga ko‘ra emas, inson faoliyati oqibatida ro‘y bermoqda. Keyingi 500 yil davomida bu omil tufayli hayvonlarning 844 turi qirilib ketdi. 2100 yilga borib hozirda mavjud turlarning yarmi qirilib bitadi, degan taxmin bor.

Bu jarayonni sekinlashtirish, turlarni saqlab qolishi mumkinmi? Amerikaning San-Diyegodagi mashhur hayvonot bog‘ida ana shu savolga javob qidirilyapti. Bu yerda eng katta hajmda “muzlatilgan hayvonot bog‘i” kolleksiyasi bor. Unda 10 ming madaniy tirik hujayralarning bebaho genetik materiallari saqlanmoqda. Ular salkam mingta tur namunalaridir. Bular tuxumlar, urug‘lar, embrionlarning hujayralari bo‘lib, maxsus idishlarda, suyuq azotda muzlatilgan.

"Muzlatilgan hayvonot bog‘i" haqida eshitganmisiz?

“Hayvonot bog‘i” xodimlari  allaqachon qator tajribalar o‘tkazdi. Muzlatilgan hujayralarning ayrim turlari sun’iy urug‘lantirishdan keyin avlod berdi. Janubiy oq karkidonning 20 yil muzlatgichda saqlangan tuxum hujayrasini urug‘lantirishga muvaffaq bo‘lindi. Xuddi shu tarzda qoplonning embrioni ham olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!