Mo‘g‘ulistonda mamlakat tarixidagi eng keng qamrovli parlament saylovlari o‘tkazilmoqda

Mo‘g‘ulistonda mamlakat tarixidagi eng keng qamrovli parlament saylovlari o‘tkazilmoqda

Mo‘g‘uliston fuqarolari juma kuni erta tongdan mamlakat Davlat Buyuk Xuralining (bir palatali parlament) yangi tarkibini aniqlash uchun saylov uchastkalariga chiqishni boshladi.

Mo‘g‘uliston parlamentidagi 126 o‘rin uchun 21 partiya va koalisiyadan 1336 nafar nomzod kurashmoqda.

O‘tgan yili Konstitusiyaga kiritilgan o‘zgartirish tufayli parlamentdagi o‘rinlar soni 126 taga yetkazildi. Shu bilan birga, 78 deputat majoritar tizimda, 48 nafari proporsional tizimda saylanadi.

Bu yil nomzodlarning 39 foizini ayollar tashkil etdi, bu Mo‘g‘uliston saylov tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Ayollar uchun 30 foizlik kvota belgilandi, 2028 yilga borib bu ko‘rsatkichni 40 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Saylovda xorijda istiqomat qiluvchi Mo‘g‘uliston fuqarolari ham ovoz berishlari mumkin bo‘ladi. Bu yil 13095 nafar Mo‘g‘uliston fuqarosi mamlakat tashqarisida ovoz berish uchun ro‘yxatga olingan. Bu ko‘rsatkich 2012 yilga nisbatan 4279 kishiga ko‘pdir.

Avtomatik qora qutidagi ovoz berish tizimi tufayli birinchi norasmiy natijalar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov uchastkalari yopilganidan ko‘p o‘tmay e’lon qilinadi.

Mo‘g‘uliston Bosh Saylov Komissiyasi ma’lum qilishicha, mamlakat bo‘ylab soat 11:00 holatiga ko‘ra saylovchilarning 21 foizi yoki 400 ming kishi ishtirok etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!