Moskvada jahon chempioni xotini va uning advokatini kaltakladi

Moskvada jahon chempioni xotini va uning advokatini kaltakladi

Lotin Amerikasi raqslari bo‘yicha jahon chempioni Maksim Kojevnikov Moskva markazida rafiqasi Anastasiya va uning advokatini kaltakladi. Bu haqda 9 iyul, payshanba kuni "Mash" telegram kanali xabar qildi.

Aniqlanishicha, er-xotin ajrashishga qaror qilishgan va hozirda mulk bo‘lishmoqda. Hodisa Anastasiya advokat bilan birgalikda uyiga kelganida yuz berdi. Mulkni taqsimlash haqida suhbat davomida, ayolning so‘zlariga ko‘ra, Kojevnikov mushtlashuvga sabab bo‘lgan. Natijada uchalasi ham turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Ayni damda polisiya hodisa sabablarini aniqlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!