Samarqand, Jizzax va toshkentlik 3 nafar talaba Isroil-Falastin urushiga ketayotgan vaqtda qo‘lga olindi

Samarqand, Jizzax va toshkentlik 3 nafar talaba Isroil-Falastin urushiga ketayotgan vaqtda qo‘lga olindi

Samarqandlik 3 nafar talaba Isroil-Falastin urushiga qatnashish maqsadida Turkiya orqali Suriyaga chiqib ketmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Zamon dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, talabalar hijrat, jihod kabi tushunchalar ortidan Isroil-Falastin urushiga qatnashmoqchi bo‘lishgan.

«Isroil-Falastin urushi boshlandi. Musulmonlarning qirg‘in bo‘layotganini ko‘rib, ko‘ngilbo‘shlik qildim. Ba’zi domlalarning fitnalariga uchib, Suriya davlati orqali Falastinga chiqib ketmoqchi bo‘ldim», — deydi yigitlardan biri.

Yigitlar Kattaqo‘rg‘on, Jizzax va Toshkent viloyatidan ekanligi aniqlangan. Ular Milliy universitetning Fizika fakultetida o‘qigan.

«O‘zimiz qiziqib yurardik. Asosiy sabablardan biri Isroil-Falastin urushi bo‘ldi. O‘z taqdirimga bolta urib qo‘ydim», — deydi yigitlardan yana biri.

Yigitlar Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

Aniqlanishicha ular ijtimoiy tarmoqlarda ta’qiqlangan videolarni ko‘rib, terrorchilik tashkilotining g‘oyaviy raxnomalarining ma’ruzalarini tinglagan.

Samarqandlik yigitning onasi o‘g‘lining bu ishiga munosabat bildirdi:

«O‘g‘lim oxirgi paytlarda urush haqida tez-tez gap ochishni boshlagandi. Qandaydir xomush bo‘lib qolgan edi. U faqat Falastin urushi haqida gapirar edi. Bu narsalarni oddiy aytib beryapti deb o‘ylaganman»,
— deydi yigitning onasi.

Yigitlar sudda aybini tan olgan. Sud tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan yigitlarning biriga 2 yil, biriga 5 yil olti oy va yana biriga 6 yilga qamoq jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!