Tojikiston bosh muftiysi pichoqlandi

Tojikiston bosh muftiysi pichoqlandi

Tojikiston Ulamolar kengashi raisi Saidmukarram Abduqodirzodaga pichoq bilan hujum oqibatida yaralangan.

“Bugun soat 17-20 larda Dushanbe shahar markaziy masjidi yonida bir fuqaro bezorilik niyatida namozdan keyin Tojikiston Respublikasi ulamolari raisi Abdulqodirzoda Saidmukarramning jasadiga teshuvchi asbob bilan urgan va jamoat tartibini buzgan”, deb xabar beradi Tojikiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.

Jinoyatchi o‘z vaqtida ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Abduqodirzoda yengil tan jarohatlari olib, shifokorlar ko‘rigidan so‘ng, uyiga jo‘natilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saidmukarram Abduqodirzoda 61 yoshda, 2010 yil oktyabridan buyon Tojikiston Ulamolar kengashiga rahbarlik qilib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!