Mark Ryutte 1 oktyabrdan vazifasini bajarishga kirishadi

Mark Ryutte 1 oktyabrdan  vazifasini bajarishga kirishadi

NATOning yangi Bosh kotibi Mark Ryuttening inaugurasiya marosimi 1 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

– 1 oktyabr, seshanba kuni Yens Stoltenbergning NATO Bosh kotibi sifatidagi vakolati tugaydi, uning o‘rniga Niderlandiyaning sobiq Bosh vaziri Mark Ryutte keladi, – deyilgan Alyans matbuot xizmati axborotida.
Shu munosabat bilan Bryusseldagi qarorgohda vakolatni topshirish rasmiy marosim va yangi Bosh kotib ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!