Qozog‘istonda energetik ichgan erkak xurujga uchradi

Qozog‘istonda energetik ichgan erkak xurujga uchradi

Qozog‘istonda ikki banka energetik ichimlik ichgan erkak shifokorlar yordamiga muhtoj bo‘lib qoldi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

“Tun yarmida Olmaotadan Qorag‘andaga ketayotgan avtomobil yo‘lovchilaridan birining sog‘lig‘i yomonlashgani haqida tibbiy-qutqaruv punktiga chaqiruv kelib tushdi”, deyiladi xabarda.

Voqea joyiga tez tibbiy yordam guruhi yetib kelgan. Ular 1981 yilda tug‘ilgan erkakka ikki banka energetik ichimlik ichganidan keyin yuzaga kelgan o‘tkir pankreatit tashxisini qo‘ygan.

Qutqaruvchilar unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, Balxash shahridagi shifoxonaga olib borgan. FVV energetik ichimliklarni haddan tashqari iste’mol qilish inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlagan.

O‘tkir pankreatit — oshqozon osti bezining yallig‘lanishi bo‘lib, uning to‘qimalarining tuzilishi o‘zgarishiga olib keladi. Kasallikka xos belgilar quyidagicha:

  • butun qorin bo‘shlig‘ida to‘satdan paydo bo‘ladigan kuchli og‘riqlar;
  • jig‘ildon qaynashi;
  • qusish xurujlari;
  • qorinning dam bo‘lishi va ichak gazlari to‘planishi;
  • umumiy ahvolning yomonlashuvi: tana haroratining ko‘tarilishi, qon bosimining tushishi, yurak urishining tezlashuvi, ko‘p terlash, terining oqarishi yoki sarg‘ayishi.

Surunkali pankreatitda kuchli og‘riqlar kamroq uchraydi, ular faqat zararli ovqat va ichimliklarni haddan tashqari iste’mol qilgandan keyingina paydo bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!