"Salimboyvachcha" interpol tomonidan xalqaro qidiruvga berildi

"Salimboyvachcha" interpol tomonidan xalqaro qidiruvga berildi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib, “Svodka” nashrining 6 avgust kuni bergan ma’lumotlariga qaraganda, jinoyatchi qirg‘izistonlik qonun o‘g‘risi Kamcha Asanbekning uyushgan jinoiy guruhi faoliyatini moliyalashtirib kelgani ma’lum bo‘ldi. Shu jumladan, Salim Abduvaliyev 2024 yilda O‘zbekistonda o‘qotar qurollarni noqonuniy saqlaganlikda ayblanib, 6 yil muddatga axloq tuzatish koloniyasiga hukm qilingan edi.

Razvedka xizmatlarining xabar qilishicha, Ko‘lboyevning uyushgan jinoiy guruhi kriminal avtoritet Salim Abduvaliyevning "Birodarlar doirasi" xalqaro jinoiy guruhi tarkibiga kiradi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Abduvaliyev Ko‘lboyev bilan yaqindan aloqada bo‘lib, uning giyohvand moddalarni noqonuniy yo‘llar bilan Yevropa davlatlariga olib o‘tishida moddiy yordam ko‘rsatgan va jinoiy guruh rahbari bo‘lishiga hissa qo‘shgan. "Salimboyvachcha" tomonidan o‘tkazilgan O‘zbekistondagi bayram va tadbirlarga, Ko‘lboyevning bir necha bor qilgan tashrifi ular o‘rtasida yaqin munosabatlar borligiga dalil bo‘la oladi", deyiladi xabarda.

Jinoyatchi shaxsiyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Salim Qirg‘izbayevich Abduvaliyevning otasi, qirg‘iz millatiga mansub, qozoq bo‘lgan. U otasining nomiga Toshkentdan ko‘cha sotib olib, "Qirg‘izboy ota" nomini bergan. Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekistonning eng boy odami, besh karra chempion Salim Abduvaliyev uzoq yillardan buyon bolalar va o‘smirlar kurash jamg‘armasini moliyalashtirib keladi.

Hozirda, Bishkekning Oktyabr tuman sudi Salim Abduvaliyevni sirtdan hibsga olib, qidiruvga bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!