Xorazmda tadbirkor foydasiga qariyb 18 mlrd. so‘m mablag‘ undirib berildi

Xorazmda tadbirkor foydasiga qariyb 18 mlrd. so‘m mablag‘ undirib berildi

Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish e’tiborda. Chunki iqtisodiyotimizni izchil va barqaror rivojlantirish, aholining turmush darajasini yuksaltirishda tadbirkorlikning o‘rni beqiyos.

Majburiy ijro byurosining Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya etish borasida muhim chora-tadbirlar ko‘rib borilmoqda.

Urganch tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor “U.T.G.” AJdan undiruvchi “R.I.I.” MCHJ foydasiga jami 17.965.602.193 so‘m qo‘shimcha bajarilgan ishlar qiymati va 24.000 so‘m pochta xarajati undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Urganch shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, qarzdor mazkur qarzni to‘lashligi yuzasidan ogohlantirilgan va 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “U.T.G.” AJ ning hisob raqamiga band solinib, inkasso topshiriqnomasi yuborilgan.

Shundan so‘ng, qarzdor jamiyatdan ijro hujjatida belgilangan qarzdorlik to‘liq undirilib, mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasi 1-qismiga asosan amalda tamomlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!