Termiz shahri va Termiz tumanidagi metan «zapravka»larga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi

Termiz shahri va Termiz tumanidagi metan «zapravka»larga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi

Surxondaryo viloyatining Termiz shahri va Termiz tumanidagi AGTKShlarni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi “Termiz sanoat tarmog‘i”ga GRSdan chiqish qismida kollektorga keluvchi gaz quvurida o‘rnatilgan gaz bosimini nazorat qiluvchi qurilmada nosozlik yuzaga kelgan.

Shu sababli Termiz shahri va Termiz tumanida joylashgan metan «zapravka»larga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi. Hozirda ushbu nosozlikni bartaraf etish yuzasidan barcha choralar ko‘rilayotgan bo‘lib, nosozlik bartaraf etilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!