Tadqiqot: Olimlar saraton hujayralarini beziyon usulda yo‘q qilish yo‘lini topdi

Tadqiqot: Olimlar saraton hujayralarini beziyon usulda yo‘q qilish yo‘lini topdi

I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti olimlari saraton kasalligiga qarshi kurashishning yangi usulini kashf etdi. Bu amaliyot kimyoterapiya muolajasidan farqli o‘laroq, sog‘lom hujayralarga zarar yetkazmaydi.

Buning uchun xavfli o‘simtani oziqlantiruvchi tomirlar devorlarida to‘planadigan nanozarrachalar yaratildi.

Mazkur usulda asta-sekin zarrachalar parchalanib, ular tarkibiga joylashtirilgan preparat ajralib chiqadi va faqat o‘simta to‘qimalariga kirib, uni yo‘q qiladi. Bu esa nojo‘ya ta’sirlar xavfini kamaytiradi.

“Saraton hujayralarini yo‘q qilish unchalik qiyin emas, bunga qarshi ko‘plab birikmalar mavjud. Muammo — sog‘lom hujayralarga zarar bermaslik. Kimyoterapiyaning bu boradagi asoratlarini bilamiz. Shuning uchun biz xuddi igna singari to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘simta joylashgan nuqtaga yo‘naltiriladigan tizimni ishlab chiqdik", — deydi tadqiqot mualliflaridan biri Aleksey Yermakov.

Qayd etilishicha, tegishli klinik sinovlardan so‘ng ushbu tadqiqot natijalari tibbiy amaliyotga tatbiq etilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!