Eynshteynning fashistlar yadroviy dasturi haqidagi maktubi deyarli 4 mln AQSh dollariga sotildi

Eynshteynning fashistlar yadroviy dasturi haqidagi maktubi deyarli 4 mln AQSh dollariga sotildi

Fizik olim Albert Eynshteynning AQShning 32-prezidenti Franklin Ruzveltga (1933–1945) yozgan maktubi auksionda $3,992 mlnga sotildi.

Hujjat ikki nusxada yaratilgan: ulardan biri Ruzvelt muzeyi va kutubxonasida saqlanadi, sotilgan versiya esa imzolangan va asl nusxadan biroz qisqaroq bo‘lib, Microsoft kompaniyasining asoschilaridan biri bo‘lgan marhum Pol Allenga tegishli edi.

Hujjat XX asrning "eng nufuzli maktublaridan biri" deb nomlanmoqda. Xaridorning ismi noma’lum.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!