AQSh va Buyuk Britaniya Ukrainaga 1,5 milliard dollar ajratadi. U nimaga sarflanadi?

AQSh va Buyuk Britaniya Ukrainaga 1,5 milliard dollar ajratadi. U nimaga sarflanadi?

AQSh va Buyuk Britaniya Ukrainaga energiyani tiklash va insonparvarlik yordami uchun yana 1,5 milliard dollar ajratadi.

Bu haqda mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari Kiyevda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilishgan, unda Ukrainaga Rossiya agressiyasini qaytarish uchun uzoq masofali raketalardan foydalanishga ruxsat berish masalasi ham muhokama qilingan.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat Ukrainaga 700 million dollardan ortiq mablag‘ beradi. Ulardan 325 tasi Rossiya armiyasi tomonidan vayron qilingan energetika ob’ektlarini tiklash va zaxira energiya ta’minoti uchun ishlatiladi. Yana 290 million dollar esa mamlakat ichida va xorijda muhtoj bo‘lgan ukrainaliklarning oziq-ovqat, uy-joy, tibbiy yordam va ta’limga sarflanadi. Qolgan 102 millioni minalarni tozalash ishlariga ketadi.

O‘tgan hafta AQSh ham Ukrainaga havo hujumidan mudofaa raketalari va artilleriya kabi harbiy yordam sifatida 250 million dollar ajratishini e’lon qilgan edi.

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi Kiyevda uning mamlakati Ukrainaga gumanitar yordam va kredit sifatida 782 million dollar ajratishini aytdi.

«Biz Ukraina g‘alabasiga to‘liq sodiqmiz. Putinga jamoaviy murojaatimiz shuki, bizning qo‘llab-quvvatlashimiz so‘nmaydi», - dedi Blinken.

Blinken va Lammi tashrifi chog‘ida Kiyevda havo hujumi haqidagi ogohlantirish qayta-qayta yangradi, bu esa uchrashuv jadvalining kechiktirilishiga va gulchambar qo‘yish marosimining bekor qilinishiga sabab bo‘ldi.

Shuningdek, muzokaralar davomida Ukrainaga Rossiyadagi harbiy nishonlarga hujum qilish uchun uzoq masofali raketalardan foydalanishga ruxsat berish masalasi ham muhokama qilindi. Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, endi bu masala AQSh prezidenti Jo Bayden va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer ertaga, 13 centyabr kuni Vashingtonda uchrashganda «albatta» muhokama qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!