Turkiyada qo‘lga tushgan erkak O‘zbekistonga deportasiya qilindi

Turkiyada qo‘lga tushgan erkak O‘zbekistonga deportasiya qilindi

Turkiyada qo‘lga tushgan erkak O‘zbekistonga deportasiya qilindi, deb xabar bermoqda Bosh konsulxona axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Atabek Abdullayev Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekistonga deportasiya qilindi. U Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan, firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib 2019 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga yoki Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raldi.

Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettirilishi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanishi aytildi.

Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan Bosh konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortganini inobatga olib, fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolishdan ogoh bo‘lish so‘raldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!