Putin Turkiyaga tashrifi chog‘ida uning samolyotini Rossiya qiruvchi samolyotlari kuzatib borishini xohlaydi

Putin Turkiyaga tashrifi chog‘ida uning samolyotini Rossiya qiruvchi samolyotlari kuzatib borishini xohlaydi

O‘tgan yildan beri Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga rasmiy tashrifini bir necha bor qoldirdi. Tashrif kechikishning asosiy sababi Rossiya tomonining shartlaridir. "Moskva Putin o‘tirgan samolyotni qiruvchi samolyotlar kuzatib borishini xohlayapti", deb yozmoqda Middle East Eye.

Turkiyaning ikki sobiq elchisi bu talabni "noodatiy" deb atadi. Bu, ehtimol, Ukraina Rossiya prezidentining samolyotini parvoz paytida urib tushirishi mumkinligidan qo‘rqish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Turkiyada joylashgan NATO havo hujumidan mudofaa tizimlari esa Rossiya harbiy samolyotlarini dushman nishoni sifatida ko‘rishi ham mumkin.

Qiruvchi samolyotlarning kuzatuvi tashrifga yagona to‘siq emas. Rossiya tomoni, shuningdek, Anqaradagi eng yirik mehmonxonalar Amerika kompaniyalariga tegishli ekanligidan shikoyat qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!