Sky News: Erondan Rossiyaga ballistik raketalarni yetkazib bergan kema surati chop etildi

Sky News: Erondan Rossiyaga ballistik raketalarni yetkazib bergan kema surati chop etildi

Telekanal manbasiga ko‘ra, 4 centyabr kuni “Port Olya-3” kemasi Kaspiy dengizi orqali Rossiyaga Eronning 220 ta qisqa masofali raketalarini yetkazib bergan.

Shu kuni kema Maxar sun’iy yo‘ldoshi tomonidan suratga olingan. Kema Astraxan viloyatining Baxtemir daryosi bo‘yidagi Olya portida joylashgan edi. MarineTraffic xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 31 avgust kuni ushbu kema kuzatuv mislamalarini o‘chirib, Eronning Amirobod portidan chiqib ketgan edi.

Sky News suhbatdoshining fikricha, raketalar Rossiyaga yetkazilgach, sinov uchun Ashuluk poligoniga olib borilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!