Qozog‘iston G‘arbga uran yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin

Qozog‘iston G‘arbga uran yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin

Qozog‘iston Ukraina urushi va sanksiyalar tufayli G‘arbga uran yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin, deb xabar bermoqda Financial Times.

“Kazatomprom” bosh direktori Meirjan Yusupovning aytishicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalar Yevropaga uran yetkazib berishni qiyinlashtiradi.

Kompaniya dunyodagi uranning 43 foizini qazib oladi, biroq hozir Sankt-Peterburg orqali an’anaviy eksport yo‘li mavjud emas, muqobil yo‘l esa ancha qimmat.

Shu munosabat bilan “Kazatomprom” uran yetkazib berishni Rossiya va Xitoy bozorlariga yunaltirishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!