15 yil ishlamagan “Qorasuv” chegara bojxona posti qayta ochildi

15 yil ishlamagan “Qorasuv” chegara bojxona posti qayta ochildi

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahrida joylashgan “Qorasuv” chegara bojxona posti 15 yillik tanaffusdan so‘ng yana o‘z faoliyatini qayta tikladi, deb xabar bermoqda Davlat Bojxona qo‘mitasining axborot xizmati.

Qayd etilishicha, “Qorasuv” chegara bojxona posti 3 gektardan ziyod maydonga ega bo‘lib, bu yerda ulkan qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan. Bu yerdan kuniga 12 ming nafardan ziyod fuqarolar o‘tib-qaytishlari mumkin.

Postning ochilishi qo‘shni davlat fuqarolari uchun ham bir qator qulayliklarni yuzaga keltiradi, deyiladi xabarda.

Jumladan, Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatidan Jalolobod viloyatiga o‘tish uchun shu vaqtga qadar 120 km masofa bosib o‘tilgan bo‘lsa, endi ushbu masofa 101 km.ga qisqarib, O‘zbekiston hududi bo‘ylab tranzit tarzida 19 km harakatlanish, kifoya.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!