Xorazmda kelin seplarini erining uyidan MIB orqali qaytarib oldi

Xorazmda kelin seplarini erining uyidan MIB orqali qaytarib oldi

Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida kelin seplarini erining uyidan MIB orqali qaytarib oldi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining da’vogar U.R.ning kelinlik mulklarini undirish haqidagi da’vo arizasini ko‘rib chiqib, uning bir qator kelinlik mulklarini javobgar X.D.dan undirib berilishi yuzasidan qaror chiqargan.

Sud hujjatida da’vogar foydasiga javobgardan uning yashash uyida saqlanayotgan 40 xil turdagi, jami 18 million 330 ming so‘mlik mulklar undirib berilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur sud hujjatining ijrosini ta’minlash yuzasidan Majburiy ijro byurosi Xiva shahar bo‘limi xodimlari ijro harakatlarini boshlagan.

Tegishli tartibda olib borilgan ijro harakatlari natijasida da’vogar U.R.ning kelinlik mulklari undirib berilishi ta’minlandi.

Seplarini MIB orqali undirgan kelinlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!