Eronlik teleboshlovchi Ozarbayjonga tahdid qildi

Eronlik teleboshlovchi Ozarbayjonga tahdid qildi

Eron davlat telekanali «Ofogh» boshlovchisi Husayn Husayniy efirda provokasion bayonot berib, Ozarbayjonning Eronga qo‘shilishi ehtimoliga shama qildi.

«Bokulik boshlovchiga ma’lum qiling, agar Eron qaror qilsa, biz Shimoliy Ozarbayjon uchun ob-havo ma’lumotlarini televideniyemiz orqali tez orada efirga uzatamiz!»

Husayniyning so‘zlariga ko‘ra, Bokudan kelgan ba’zi teleboshlovchi go‘yoki «butun Eron bizniki» deb aytgan. «Ozarbayjon va Ardabil ham bizniki, deyishardi», - deya qo‘shimcha qildi eronlik boshlovchi va bu bayonotdan o‘zining provokasion bayonotini oqlash sifatida ishlatdi.

Bu voqea 2023 yil yanvarida Tehrondagi Ozarbayjon elchixonasiga qilingan hujumdan so‘ng keskin yomonlashgan ikki davlat o‘rtasidagi keskin munosabatlardagi so‘nggi epizod bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!