Yangiyo‘l tumanida 141,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

Yangiyo‘l tumanida 141,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo‘l tumani bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro U.B. “Nihol” MFY hududidagi novvoyxonada umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 141,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!