Bundestagda migrasiya bo‘yicha munozara bo‘lib o‘tdi

Bundestagda migrasiya bo‘yicha munozara bo‘lib o‘tdi

Bundestagda migrasiya bo‘yicha munozara bo‘lib o‘tdi. Muxolifat vakillari Germaniyadagi hukmron koalisiyaning migrasiya siyosatini tanqid qildi

"Dunyoda iqtisodiy o‘sish jarayonida mehnatga layoqatli aholi soni kamayib borayotgan birorta ham mamlakat yo‘q. Shuning uchun Germaniyaga kosmopolitizm kerak, ammo bu duch kelgan inson mamlakatga kelishi mumkin degani emas", — dedi Germaniya kansleri Olaf Shols o‘z nutqida.

Germaniya hukumati rahbari, shuningdek, boshpana berishdan butunlay voz kechishga qarshi chiqdi: "Biz siyosiy ta’qibga uchragan, o‘z hayoti uchun kurashayotgan, o‘z hayotini saqlab qolishi kerak bo‘lganlarni himoya qiladigan mamlakatmiz. Bu bizning Asosiy qonunimizda mustahkamlangan va biz buni muhokamaga qilmaymiz", — deya fikr bildirdi Shols.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!