AQSh Eronning eng yirik aviakompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi

AQSh Eronning eng yirik aviakompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi

AQSh “Iran Air” aviakompaniyasiga G‘arbdan ehtiyot qismlarni Eronga yetkazib berish, shuningdek Moskva va Tehron o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik uchun sanksiya kiritdi. Ushbu cheklov bir qator jismoniy va yuridik shaxslarga ham tegishli. Bu haqda Amerika davlati Moliya vazirligi hamda Davlat departamenti ma’lum qilgan.

Sanksiya Eronning eng yirik aviakompaniyasiga “Rossiyaga Eron qurolli tizimi yetkazib berishda ishtirok etishi” munosabati bilan hamda Yevropadan Eronga muhim ehtiyot qismlar va G‘arbda ishlab chiqarilgan uskunalar tashish uchun kiritilgan. Kecha Buyuk Britaniya va YEI ham Eron kompaniyalari va jismoniy shaxslariga qarshi sanksiya joriy etilishini e’lon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!