G‘azoda ham yangi o‘quv yili boshlandi, lekin u yerda maktabning o‘zi qolganmi?

G‘azoda ham yangi o‘quv yili boshlandi, lekin u yerda maktabning o‘zi qolganmi?

G‘azoda o‘quv yili bir dona ham ishlaydigan maktab yo‘qligi bilan boshlandi.

BMTning Yaqin Sharq agentligi (UNRWA) hisob-kitoblariga ko‘ra, isroilning G‘azoga bostirib kirishi boshlanganidan beri G‘azodagi maktab binolarining 85 foizi shikastlangan yoki vayron bo‘lgan. Endi ular qaytadan foydalanishga yaroqli bo‘lishi uchun restavrasiya yoki katta ta’mirni talab etadi.
Hatto UNRWA maktablari bundan mustasno emas – isroil ularni ham bombardimon qildi, deya ta’kidladi agentlik.

Falastin Ta’lim vazirligi boshqa raqamni keltirib, maktablarning kamida 90 foizi isroil havo hujumlari natijasida vayron bo‘lgan yoki zarar ko‘rganini ta’kidladi.

«Odatda bu kun bolalar uchun ota-onalari bilan birga maktabga yangi formada boradigan, hamda shifokor va muhandis bo‘lishni orzu qiladigan bayram kuni bo‘lardi. Bugun bizning umidimiz shuki, biz bu umidlarimizni yo‘qotguncha urush tugaydi», dedi besh farzandning onasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!