Yangi O‘zbekiston ko‘chasida sodir bo‘lgan YTHda 2 kishi jarohatlandi

Yangi O‘zbekiston ko‘chasida sodir bo‘lgan YTHda 2 kishi jarohatlandi

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida 11 sentyabr kuni soat 17:15 larda YTH sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan X.M. Nexia-2 rusumli avtomashinasining rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida harakatsiz turgan haydovchi 1989 yilda tug‘ilgan R.SH. boshqaruvida bo‘lgan Iveco yuk avtomashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

YTH natijasida Nexia-2 haydovchisi X.M. va yo‘lovchisi B.A. tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!