Davlat xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish qamrovi kengaytiriladi

Davlat xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish qamrovi kengaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Davlat xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatish qamrovi yanada kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga:

doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olish;

xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarni hisob ro‘yxatiga olish;

nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek, ularning oila a’zolarini akkreditasiya qilish;

nodavlat notijorat tashkilotlarining ramziy belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Mazkur qarorga muvofiq, ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun manfaatdor shaxslar yoki ularning ishonchli vakillari faqat davlat xizmatlari markazlari va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishlari lozim bo‘ladi.

Qarorda bir oy muddatda:

davlat xizmatlari YAIDXP orqali ko‘rsatilishini ta’minlash;

YAIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etish belgilab berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!