Bugun Prezident Turkiya Respublikasi delegasiyasi bilan uchrashuv o‘tkazadi

Bugun Prezident Turkiya Respublikasi delegasiyasi bilan uchrashuv o‘tkazadi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya va Milliy razvedka xizmati direktori Ibrohim Qalindan iborat delegasiya bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Turkiya delegasiyasi O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 6-7 iyun kunlari ushbu mamlakatga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq Toshkentga tashrif buyurdi.

Ikki tomonlama muzokaralar hamda tashqi siyosat, huquqni muhofaza qilish idoralari va maxsus xizmatlar rahbarlarining qo‘shma uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mamlakatlarimiz yetakchilarining qarorlarini amalga oshirish, xavfsizlik uchun zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashda o‘zaro muvofiqlashuv va amaliy hamkorlikni kuchaytirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, bunday formatdagi uchrashuvlar ilk bor o‘tkazilmoqda hamda O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlarida tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!