Shahrisabz aeroporti fuqaro aviasiyasi parvozlari uchun 21 yildan so‘ng o‘z faoliyatini tikladi

Shahrisabz aeroporti fuqaro aviasiyasi parvozlari uchun 21 yildan so‘ng o‘z faoliyatini tikladi

Shahrisabz mahalliy aeroporti 11 sentyabr kuni fuqaro aviasiyasining parvozlari uchun o‘z faoliyatini tikladi.

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, Silk Avia aviakompaniyasining Toshkentdan ilk parvozi mahalliy vaqt bilan soat 13:10 da aeroportga borib qo‘ndi. Parvoz vaqti 1 soat 30 daqiqani tashkil etdi.

Samolyot suv arkasi bilan, birinchi yo‘lovchilar esa karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda kutib olindi. Aeroportga parvozlar deyarli 21 yildan so‘ng qayta yo‘lga qo‘yilgan. Shahrisabz aeroporti 2003 yilning noyabr oyida yopilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!