Mehmonxonalardan birida idishlar va televizorni sindirishga ruxsat berildi

Mehmonxonalardan birida idishlar va televizorni sindirishga ruxsat berildi

Turkiyaning Alaniya shahridagi mehmonxonalardan biri tashrif buyuruvchilarga antiqa xizmatni taklif qilmoqda. Bu haqda storus.ru sayti yozdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, bu antiqa mehmonxonada turistlar uchun "stresslarni unutish xonasi" mavjud bo‘lib, bu yerda o‘z vaqtingizni chog‘ o‘tkazishingiz mumkin.

Bunday xonalarda mehmonlar idish-tovoqlar, kompyuter, televizor va boshqa buyumlarni chilparchin qilishlari mumkin.

Bunday xonaga kirishdan oldin xavfsizlik uchun maxsus kiyim kiyish talab qilinadi, shunday so‘ng xonani istagancha buzishingizga ruxsat etiladi.

Aytishlaricha, stressni yengishning bunday usulini polyak yozuvchisi Stanislav Lem o‘ylab topgan ekan.

Mehmonxona egasining aytishicha, bunday xona xizmatidan asosan 18 yoshdan 38 yoshgacha bo‘lgan biznes va axborot texnologiyalari sohasida ishlaydigan erkaklar foydalanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!