MDH Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi

MDH Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi

Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar MDH mamlakatlarida ishlayotgan fuqarolarning ijtimoiy huquqlarini himoya qilish masalalarini muhokama qildi.

Mazkur komissiya a’zosi, O‘zbekiston ombudsmani F.Eshmatova komissiya a’zolarini migrasiya sohasidagi qonunchilikni xalqaro huquq normalaridan kelib chiqib takomillashtirish va migrantlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmlarini mustahkamlash maqsadga muvofiqligini bildirdi.

Migrasiya sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va migrantlarning huquqlarini himoya qilish masalalari MDH makonida juda dolzarb ekaniga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, migrantlarning huquq va majburiyatlarini aniqlash va tasniflash bo‘yicha inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga mos bir xil yondashuvni shakllantirish, migrasiya sohasidagi ko‘plab uzoq vaqtdan beri muammo bo‘lib kelgan masalalarni hal qilishga yordam berish mumkinligiga ishonch bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida 2022 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan sammit yakunlari bo‘yicha MDHga a’zo davlatlar rahbarlari “MDHning inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risida”gi yangi nizomni qabul qilgan. MDHning Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Komissiyaning birinchi yig‘ilishi 2023 yil 29 noyabrda Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!