Mbappe o‘tgan mavsumning eng yaxshi uch futbolchisi kim ekanligini aytdi

Mbappe o‘tgan mavsumning eng yaxshi uch futbolchisi kim ekanligini aytdi

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe o‘tgan mavsumda kimlar eng yaxshi o‘yinchilar bo‘lganini aytdi.

"O‘tgan mavsumning eng yaxshi 3 o‘yinchisi? Men, Benzema va Mane", - dedi Mbappe France Football nashriga.

Mbappe 2021/22 yilgi mavsumda Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Umuman olganda, u barcha musobaqalarda 39 ta gol urgan.

Karim Benzema "Real Madrid" bilan La Liga va Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi va har ikkala musobaqada ham eng yaxshi to‘purarga aylandi.

Sadio Mane Senegal bilan Afrika kubogini yutgan, shuningdek, “Liverpul” safida Angliya kubogi, Liga kubogini qo‘lga kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!