Mast erkak “metroda bomba bor” deya yolg‘on xabar berdi

Mast erkak “metroda bomba bor” deya yolg‘on xabar berdi

Yaqinda metropolitenning “Ming o‘rik” bekati platformasida o‘zi asli Farg‘ona viloyatidan, ayni paytda Toshkent shahrida yollanma ishchi bo‘lib ishlaydigan E.M. ismli shaxsning o‘zini noxush his qilgani uchun metro xodimlari tomonidan tez tibbiy yordam xizmati xodimlari chaqirilgan.

“Bemor Mirobod tumani 7-podstansiya shifokori tomonidan ko‘zdan kechirilib, 16-sonli Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazining zaharlanish bo‘limiga olib borilgan. Bemor shifokor tomonidan ko‘zdan kechirilgan va unga “Alkogoldan o‘tkir zaharlanish” tashxisi qo‘yilgan. Buni shunchaki hayotda bo‘lib turadigan odatiy hodisa-da, deb o‘ylashingiz ham mumkin”, – deyiladi xabarda.

Biroq eng asosiysi shundan so‘ng boshlangan. Bemor tibbiy yordam ko‘rsatilayotgan paytda qog‘oz salfetkaga “DXX va Ichki ishlarga telefon qil. Bomba”, deya yozib, hamshiraga bergan. Shifokor vaziyatni aniq tushunmagan holda “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan va “metroda bomba bor” deya xabar qoldirgan.

Holat bo‘yicha Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi navbatchilik qismi tomonidan “Ming o‘rik” bekatiga portlovchi moddalarni zararsizlantirish maxsus otryadi xodimlari yuborilib, ular tomonidan ushbu bekat to‘liq ko‘zdan kechirilgan va berilgan ma’lumot asosini topmagan. Fuqaro E.M. bilan olib borilgan surishtiruv davomida, u o‘sha kuni kayfda bo‘lganligi bois ma’lumotni berganligini eslay olmasligini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!