Massachusets shtatidagi restoranda ayol Tramp kepkasidagi erkakka tashlandi (video)

Massachusets shtatidagi restoranda ayol Tramp kepkasidagi erkakka tashlandi (video)

Massachusets shtatida yashovchi ayol Meksika restoranida Make America Great Again degan yozuvli bosh kiymini kiyib olgan erkakni ko‘rib, g‘azablangan, deya xabar beradi ForumDaily .

Oqibatda ayol hibsga olingan. 15 fevral kuni Falmutda yashovchi 41 yoshli braziliyalik muhojir Rozayn Santos Meksikadagi Casa Vallarta restoranida sodir etgan to‘qnashuvidan so‘ng bezorilikda ayblanmoqda.

Ayolni 23 yoshli Brayton Terner ismli odam mashhur qizil bosh kiymini kiyishga haddi sig‘ib, shu ko‘rinishda Meksika restoraniga kelishga jur’at qilgani ranjitgan.

Terner polisiyaga ayol unga bosh kiyimi uchun baqirishni boshlaganida u o‘z ishlari bilan shug‘ullanayotganini aytgan. Ayolning harakatlaridan asabiylashgan erkak telefoniga uning harakatlarini yozib ola boshlagan. Ayol erkakka yaqin kelib, uning bosh kiymini urib tushirgan.

Polisiya restoranga kirib kelganida, ayol Ternerga Meksika va AQSh o‘rtasida devor qurishni talab qilayotgan Donald Trampni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Meksika restoranida taomlanishi mumkinmasligini ma’lum qilgan.

Santos erkakni ofiserlar guvohligida boshiga urganidan so‘ng restorandan olib chiqib ketilgan.

Ayol qilgan ishlaridan pushaymonligini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!