Saudiya Arabistonida bir nechta yirik neft va gaz konlari aniqlandi

Saudiya Arabistonida bir nechta yirik neft va gaz konlari aniqlandi

Saudiya Arabistoni rasmiylari 1 iyul kuni mamlakat sharqida 7 ta yirik neft va gaz konlari topilganini e’lon qilgan. Bu haqda mamlakat energetika vazirligi bayonotiga asoslanib, Al Arabiya nashri xabar berdi.

Yangi konlar Sharqiy viloyat yoki Bo‘sh kvartal deb atalgan hududda aniqlangan. Ushbu kimsasiz hudud Yaman, Ummon hamda Birlashgan Arab Amirliklari bilan chegarada joylashgan.

Saudiya Arabistoni energetika vaziri, shahzoda Abdulaziz bin Salmon Saudiy zaxiralar mamlakatning eng yirik neft magnati — Aramco tomonidan topilganini aytgan. Topilgan manbalarning ikkitasi noan’anaviy neft konlari, bitta yengil arab neft depoti, ikkita tabiiy gaz koni va ikkita tabiiy gaz rezervuaridan iborat ekani e’lon qilingan.

Aramco tez fursatda konlarni ishga tushirish uchun moliyalash dasturi ishlab chiqishi xabar berilgan. Konlarning sig‘imi va zaxirasini aniqlash uchun Bo‘sh kvartalga tadqiqotchilar guruhi jo‘natilgan.

  • Ma’lumot o‘rnida, Saudiya Arabistoni jahonda mavjud neft zaxiralarining 17 foiziga egalik qiladi.
  • Ushbu miqdor mamlakatni zaxiralar bo‘yicha dunyodagi eng yirik ikkinchi qazib oluvchiga aylantirgan.
  • Mamlakat 2023 yilda 121 milliard dollarlik neft eksport qilgan. 2022 yilda esa bu qiymay 161 milliard dollarga teng bo‘lgan.
  • Neft va gazni qayta ishlash sanoati mamlakat iqtisodiyotining alohida tarmog‘ini tashkil etadi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!