Manba: Prezident Qoraqalpog‘istonga yolg‘iz bormagan

Manba: Prezident Qoraqalpog‘istonga yolg‘iz bormagan

Xabaringiz bor, kecha, 15 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.
 
An’anaga ko‘ra, davlat rahbarining viloyatlar bo‘ylab amalga oshiradigan tashriflari davomida unga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati a’zolari – Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar hamrohlik qilardi. Prezidentning Qoraqalpog‘istonga amalga oshirgan tashrifi esa shu bugungacha bo‘lgan tashriflardan ajralib turgan.
 
Gap shundaki, Prezident Mirziyoyev bu gal Qoraqalpog‘istondagi vaziyat bilan tanishish uchun O‘zbekistonning uch xorijiy mamlakatdagi elchilarini ham olib borgan. O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi G‘ayrat Fozilov, O‘zbekistonning XXRdagi Favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Saidov hamda O‘zbekistonning Quvayt davlatidagi Favqulodda va muxtor elchisi Bahromjon A’loyev Prezidentga hamrohlik qilgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
 
Ikki yillik tarixda ilk bor elchilar Prezidentning viloyatlar bo‘ylab amalga oshiradigan tashrifida hamrohlik qilyapti. Buning asosiy sababi esa xorij tajribasini o‘rganish, hamkorlikni jadal yo‘lga qo‘yish, kamchiliklarni bartaraf etish, qolaversa, O‘zbekistonning imkoniyatlari jahon bozoridagi yirik korxonalarga tanitishdir.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!