Maktab o‘quvchisi to‘satdan vafot etdi

Maktab o‘quvchisi to‘satdan vafot etdi

O‘smir darsda o‘tirganida boshi qattiq og‘riyotganligini aytganidan so‘ng tezlikda shifoxonaga jo‘natilgan, ammo uni saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Ekaterinburgda prokuratura mahalliy gimnaziyada beshinchi sinf o‘quvchisi vafot etganidan keyin tekshiruv ishlarini boshladi.

Vazirlik matbuot xizmati vakillaridan birining xabar qilishicha, 17 sentyabr kuni o‘qituvchi qatorlar orasidan o‘tib borayotganida o‘quvchilaridan birining ko‘zidan yosh oqayotganini ko‘rib qoladi. O‘quvchi o‘zini juda yomon his qilayotganini aytganidan so‘ng kasalxonaga yuboriladi.

Prokuraturaga xabar qilinishicha, marhum hamisha a’lo baholarga o‘qigan, uning oilasi ijobiy deb ta’riflangan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!