“Makron musulmonlarning ovozini o‘chirmoqchi”

“Makron musulmonlarning ovozini o‘chirmoqchi”

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an butun dunyo musulmonlarini o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, musulmon davlatlaridagi hozirgi ahvol islom dushmanlarini ruhlantiryapti va ularning yangi jinoyatlarga qo‘l urishiga turki beryapti. 

Erdo‘g‘an bu fikrlarni Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar din ishlari boshqarmalari rahbarlarining maslahat yig‘ilishiga yo‘llagan videomurojaatida aytib o‘tdi. 

“Islomning yuksalishidan bezovta bo‘layotganlar aynan o‘zlari sabab bo‘lgan inqirozlarning bahonasi bilan dinimizga hujum qilyapti. Islom va musulmonlarga qarshi bayonotlar hozirgi kundagi g‘arblik siyosatchilar o‘z muvaffaqiyatsizliklarini xaspo‘shlash uchun eng ko‘p qo‘llayotgan vositadir. Yaqin vaqt ichida kun tartibiga olib kelingan «fransuz islomi», «Evropa islomi», «Avstriya islomi» singari tushunchalar buning oxirgi namunalaridir. Fransiya prezidenti Makron tomonidan ko‘tarilgan bu tashabbusning asosiy maqsadi islom va musulmonlar bilan hisob-kitob qilishdir. Radikalizmga qarshi kurash bahonasida zulmga beparvo bo‘ladigan, zolimga ovozini chiqarmaydigan, passiv va qo‘rqoq musulmon fuqarolarni paydo qilmoqchi”, – dedi Erdo‘g‘an. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!