Makkada eshitish qobiliyati cheklanganlar uchun maxsus namozxona ochildi

Makkada eshitish qobiliyati cheklanganlar uchun maxsus namozxona ochildi

Makkadagi Masjidi Harom ishlari bosh boshqarmasi eshitish qobiliyati cheklanganlar (zaif eshituvchi, karlar) uchun surdotarjimon bo‘lgan namozxona ochdi. Bu haqda Islom.uz xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bu namozxonada juma namozi, Fitr va Qurbon bayramlari mav’izalari, Istisqo (yomg‘ir duosi) namozi, darslar va Masjidi Haromda aytiladigan va’zlarni surdo-tarjima orqali yetkazish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, u yerda ko‘zi ojizlar uchun namozxonaga olib boradigan maxsus oq tutqichlar ham o‘rnatilgan. 

Ta’kidlanishicha, namozxonada Brayl yozuvidagi Qur’oni karimlar, Mushafni tutib turuvchi maxsus uskuna ham mavjud. Bundan tashqari, bu kabi namozxonlar uchun aqlli soatlar ham ishga tushirilgan. Masjidda imkoniyati cheklanganlarning xavfsiz harakatlanishlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!