Mahmud Murodov: "Shaxsan o‘zim ko‘rdim o‘sha behayo videolarni, lekin u yerdagi men emas" (Video)

Mahmud Murodov:  "Shaxsan o‘zim ko‘rdim o‘sha behayo videolarni, lekin u yerdagi men emas"  (Video)

MMA jangchisi Murod Mahmudov katta intervyu berdi. Jarayonda Murodov unga o‘xshaydigan aktyor ishtirok etgan behayo videoga izoh berdi.

"Videodagi men emas. O‘zim ko‘rdim o‘sha videoni. Instagramda ham bu savolga javob berdim. Video bilan har narsa qilish mumkin, agar juda xohlasangiz. U aktyor kim ekanini bilmayman, lekin u aniq men emas", - Dedi Murodov.

U, shuningdek, ushbu video tarqalgandan so‘ng ko‘p tanishlari undan uzoqlashganini aytdi. Muhimi homiylar bilan muammo kelib chiqmagani ta’kidlandi. Shuningdek, u yaqin orada UFCda jang qilishni boshlashini aytdi. Jangchining so‘zlariga ko‘ra, UFC rahbariyati bilan kelishuv yakuniga yetmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!