Lukashenko kuzda O‘zbekistonga keladi

Lukashenko kuzda O‘zbekistonga keladi

Belarus prezidenti 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitida ishtirok etishni rejalashtirgan.

2022 yilning sentyabr oyida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sputnik Belarus mamlakat bosh vaziri Roman Golovchenkoga tayanib, xabar berdi.
Roman Golovchenkoga ko‘ra, Lukashenko tashrifi davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi, shuningdek, 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammitida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham kuzda O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.
SHHTning Samarqand sammiti 2022 yil 15-16 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
SHHTga O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Pokiston, Hindiston va Eron a’zo bo‘lgan. Sammitda Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston va Belarus tashkilotda kuzatuvchi, Turkiya esa muloqot bo‘yicha hamkor sifatida ishtirok etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!