La Liga. «Real» mavsumni g‘alaba bilan boshladi, «Sevilya» ham, Andre Silvadan esa xet-trik

La Liga. «Real» mavsumni g‘alaba bilan boshladi, «Sevilya» ham, Andre Silvadan esa xet-trik

19 avgust sanasida Ispaniya La Ligasining 1-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Tur doirasida 3 uchrashuv bo‘lib o‘tdi.«Eybar» Liga debyutanti «Ueska» bilan kurash olib borib, 1:2 hisobida yengildi. «Sevilya» esa «Rayo Valyekano» mehmoni bo‘lib, 1:4 hisobidagi yirik g‘alaba bilan uyiga qaytadigan bo‘ldi. Andalusiyalik safida yaqindagina «Milan» jamaosidan jamoa safiga kelib qo‘shilgan Andre Silva xet-trikka erishdi.Xulen Lopetegi boshliq Madridning «Real»i «Xetafe»ga qarshi kurash olib bordi. Uchrashuvning 20-daqiqasida Dani Karvaxal jamoasini oldingan olib chiqqan bo‘lsa, 51-daqiqada Garet Beyl hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.Shu tariqa «Qirollik klubi» La Liganing yangi mavsumini g‘alaba bilan boshladi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!