Ko‘cha kamerasi farishta parvozini suratga oldi

Ko‘cha kamerasi farishta parvozini suratga oldi

Bilasizmi, AQShning Michigan shtatidagi ko‘cha kameralaridan biri g‘ayrioddiy bir mavjudotni suratga tushirishga muvaffaq bo‘ldi.

Yaqinda Michigan shtati fuqarosi Glen Torman uyi yaqinidagi kuzatuv kamerasi nimalarni suratga olganini tekshira turib ko‘zlariga ishonmadi. Suratlardan birida qanotli farishtaga o‘xshash bir mavjudot mana-man deb turardi.

Ushbu g‘alati mavjudot havoda muallaq turganidan uning qanotlari, boshi va qo‘lini bemalol ko‘rish mumkin.

Torman bu g‘ayrioddiy suratlarini mahalliy ruhoniy Deniel Mozesga ko‘rsatdi. U esa mazkur rasmdan qattiq hayratga tushib, Xudoning inoyati ekanligiga ishonmoqda.

hronika. info


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!