Kroos rasman endi "Real" futbolchisi emas

Kroos rasman endi "Real" futbolchisi emas

Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos endi "Real" futbolchisi emas.

May oyida 34 yoshli futbolchi Yevro-2024 yakunida faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi. Yarim himoyachi "Real" bilan 30 iyun kuni yakuniga yetgan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi. Shunday qilib, bugundan boshlab Kroos "Los Blankos" futbolchisi emas - endi rasman. Shartnoma muddati tugadi.

Toni Kroos 2014 yildan beri "Real"da o‘ynab kelayotgan edi. Nemisning klublar miqyosidagi so‘nggi o‘yini Chempionlar ligasi finali bo‘lib, unda madridliklar Dortmundning "Borussiya"sini mag‘lub etishdi (2:0).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!