Koronarivus: Ukrainada odamlar avtobus talashmoqda

Koronarivus: Ukrainada odamlar avtobus talashmoqda

Ukraina poytaxti Kiyev shahrida koronavirus oqibatida metro yopilgach, odamlar avtobusga tashlanishgan. Gap shundaki, mahalliy polisiya avtobusga 10 tadan ortiq kishini kiritmayapti.

Kiyevda ham koronavirus tufayli karantin e’lon qilingan. "Chernigovskaya" metro bekati yonida aholi yurib ketayotgan avtobusning yo‘lini to‘sgan va unga chiqishga uringan (suratda).

Polisiya esa bunga qarshilik qilgan. Poytaxtda avtobus bekatlarida katta navbatlar kuzatilmoqda. Shuningdek, jamoat transportiga niqobsiz odamlarni ham kiritishmayapti.

Kiyevda hozirgacha virus bilan kasallanganlar 16 ta bo‘lgan. O‘zbekistonda esa bugun 23 taga yetgan, Qirg‘izistonda 3 ta, Qozog‘istonda 44 kishi kasallangan.

Hozirgacha COVID-19 virusi bilan kasallanganlar dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!