Konorga yana chempionlik jangi tashkil etib beriladimi?

Konorga yana chempionlik jangi tashkil etib beriladimi?

Buning iloji umuman yo‘q.

UFC prezidenti Dana Uayt ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor qaytishi bilan titul jangini qo‘lga kiritishi borasidagi gaplarga o‘z munosabatini bildirdi.

"Oldinda bizni kutib turgan janglarning natijalarini bilishimiz lozim. Birinchi o‘rinda Oliveyra va Getji o‘rtasidagi qarama-qarshilikni kuzatishimiz lozim. Keyin esa biz chempionlik uchun keyingi da’vogarni aniqlaymiz. Yengil vaznda biz juda qiziq ishlarni amalga oshirishimiz mumkin.

Konor juda og‘ir jarohat oldi. Qaytish uchun unga qancha muddat kerak bo‘lishini hech kim bilmaydi. 100% tiklanib olish uchun unga vaqt kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng esa biz bir qarorga kelamiz. Hozircha esa u rejamizda yo‘q", - dedi Dana Uayt.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!