Kim Putindan sovg‘a sifatida «dushman» komponentlari bo‘lgan Aurus'ni oldi

Kim Putindan sovg‘a sifatida «dushman» komponentlari bo‘lgan Aurus'ni oldi

Putin KXDRga tashrifi chog‘ida Shimoliy Koreya yetakchisiga Aurus rusumli avtomobil olib keldi. O‘tgan yilga qadar Rossiya ushbu avtomobillarni yig‘ish uchun uskunalarni Janubiy Koreyadan olib kelgan, deya xabar bermoqda Reuters bojxona ma’lumotlariga tayanib.

2018 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda Rossiya kamida 34 million dollarlik Aurus avtomobillari va mototsikllarini yig‘ish uchun uskunalar va butlovchi qismlarni import qildi.

Importga Janubiy Koreyadan qariyb 15,5 million dollarlik avtomobil kuzov qismlari, datchiklar, dasturlashtiriladigan kontrollerlar, kalitlar, payvandlash uskunalari va boshqa butlovchi qismlar kiritilgan. Xitoy, Hindiston, Turkiya, Italiya va Yevropaning boshqa davlatlaridan ham ehtiyot qismlar keltirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!