"Kichik Messi" uchun 100 million taklif qilishdi. "Barsa" esa...

"Kichik Messi" uchun 100 million taklif qilishdi. "Barsa" esa...

"Barselona" jamoaning kelajagi sifatida qaralayotgan Ansu Fatini sotishni istamadi. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, nomi oshkor qilinmagan klub 17 yoshli "kichik Messi" uchun 100 million yevro taklif qilgan. Ammo "Barselona" prezidenti Xosep Bartomeu bu taklifni rad etgan.

Ma’lumot uchun, Fati Kataloniya klubi safidagi debyut o‘yinini 2019 yil avgustda o‘tkazgan. U 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fatining transfer bozoridagi narxi 36 million yevroga baholangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!